Muqaddas Iso Qalbi Kafedral sobori
Toshkentdagi Muqaddas Iso Qalbi Kafedral sobori — Rim-katolik cherkoviga tegishli bo‘lib, XX asr boshlarida qurilgan yagona gotika uslubidagi ibodatxonadir. 1912-yilda qurilishi boshlangan va 2000-yilda arxiyepiskop Marian Oles tomonidan muqaddaslashtirilgan. “Polyak cherkovi” deb ham ataladi. Binoda vitraj oynalar, tomdagi minorachalar, arkali kirish eshigi, kutubxona va Papa Ioann Pol II nomidagi mehmonxona mavjud. 1981-yilda O‘zbekistonning tarixiy va me’moriy yodgorligi sifatida e’tirof etilgan.





