Tübitak
go back

Muhammad Aminxon madrasasi

Muhammad Aminxon madrasasi — Xiva shahridagi Ichan Qal’a majmuasining g‘arbiy qismida joylashgan, XIX asrda qurilgan eng yirik madrasalardan biridir. Madrasani 1851–1855-yillarda Xiva xoni Muhammad Amin Bahodirxon qurdirgan. 72 × 60 metr maydonni egallagan ikki qavatli bino 260 nafar talaba uchun mo‘ljallangan 125 hujradan iborat. Har bir hujra ikki xonali bo‘lib, ikkinchi qavatdagilarda lojiya (balkon) mavjud. Peshtoqlari sirlangan g‘ishtlar, yog‘och eshiklar va o‘simliksimon naqshlar bilan bezatilgan. Madrasaning yonida Kalta Minor joylashgan bo‘lib, bu ansambl Xivaning g‘arbiy darvozasi — Ota Darvoza — oldida joylashgan monumental kompozitsiyani tashkil etadi.

too
too
too
too
too
sd